date
views 130

OpenAI o3-pro modelini ishga tushirdi

OpenAI o3-pro modelini ishga tushirdi
OpenAI o‘zining yangi sun’iy intellekt modeli — o3-proni taqdim etdi, deb rozetked.me xabar berdi. Model allaqachon ChatGPT Pro obunachilari va API foydalanuvchilari uchun mavjud.

o3-pro — asosiy o3 modelining takomillashtirilgan varianti bo‘lib, aniqlik, mantiqiy tahlil va matematik yechimlarda yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda.

OpenAI ekspertlarining fikriga ko‘ra, o3-pro modeli fan, ta’lim, dasturlash, ma’lumot tahlili va matn yozishda avvalgi modellardan ustun bo‘lib, javoblari yanada tushunarli va to‘liq ifodalangan.

Model ChatGPT’ning barcha mavjud funksiyalarini qo‘llaydi: veb-qidiruv, fayllar bilan ishlash, vizual tahlil, Python hisob-kitoblari, shaxsiy xotira orqali moslashuvchanlik va boshqalar.

API narxlari:
• 1 million kirish tokeni — 20 dollar
• 1 million chiqish tokeni — 80 dollar

Korporativ va ta’lim hisoblariga o3-pro’ga kirish keyingi haftada taqdim etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI o3-pro modelini ishga tushirdi