06:51 / 29.11.2016
6 416

Qozog‘istonda yig‘iladigan avtomobillar etakchi beshtaligi ma’lum qilindi

Qozog‘istonda yig‘iladigan avtomobillar etakchi beshtaligi ma’lum qilindi

Qozog‘istonda joriy yil boshidan umumiy qiymati 56,7 mlrd tangani tashkil qiluvchi 9129 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,1 foizga kamroqni tashkil qilgan.

Yuk mashinalari ishlab chiqarilishi 7,7 foizga, avtobus texnikasi ishlab chiqarish esa 2015 yilgacha bo‘lgan darajaga etgan. Bu haqda nur.kz portali xabar bermoqda.

Shuningdek, Qozog‘istonda yig‘iladigan avtomobillar brendlari va modellar etakchi beshtaligi aniqlandi: brendlar – Lada, KIA, Hyundai, Skoda, Chevrolet hamda modellar – Lada 4x4, Hyundai Elantra, KIA Sportage, Skoda Rapid, Lada Granta.

2016 yil yanvar-oktyabr oylarida mahalliy avtozavodlar sotgan mashinalar 8988 donani tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘istonda yig‘iladigan avtomobillar etakchi beshtaligi ma’lum qilindi