Jorjiya texnologiyalar universiteti (AQSh) mutaxassislari mushuk tilining tuzilishini patentlab qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
The Washington Post nashrining bildirishicha, Aleksis Noel boshchiligidagi olimlar guruhi katta hajmli printer yordamida mushuk tilining to‘rt barobar kattalashtirilgan modelini tayyorlab, uni AQSh fizika jamiyatining Portlenddagi (Oregon shtati) bo‘linmasi yig‘ilishida namoyish qildi.
Olimlarning fikricha, mushuk tili keratinli ilmoqlar bilan qoplangan bo‘lib, yungni tarash va chigalni yozish uchun juda yaxshi moslashgan. Mushuk badanini yalaganida uning tili bir paytda to‘rt yo‘nalishda harakatlanadi. Mushukning tilini o‘ziga xos taroq desa ham bo‘ladi.
Noel va uning hamkasblari xuddi shu shakldagi mexanik qurilma turli sohalarda asqatishi mumkin deb hisoblamoqda. Ular, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalardan tashqari, tibbiy muolaja xonalarini nazarda tutmoqda.
Bundan tashqari, ushbu mexanizm tor joylarda harakatlana oladigan robotlar konstruksiyasida qo‘llanilishi mumkin. Bunday robotlar, o‘z navbatida, jarrohlik amaliyotlarida va qutqaruv operasiyalarida ishtirok etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»