date

Mail Oblako fotosurat dublikatlarini sun’iy intellekt yordamida topadi

Mail Oblako fotosurat dublikatlarini sun’iy intellekt yordamida topadi
Mail Oblako servisida sun’iy intellekt asosida fotosurat dublikatlarini qidirish funksiyasi ishga tushirildi, deb rozetked.me xabar berdi.

Yangi funksiya aniq nusxalarni yoki vizual jihatdan o‘xshash fayllarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Bu orqali ortiqcha suratlarni osonlik bilan o‘chirib, bulut xotirasini bo‘shatish mumkin bo‘ladi.

«Albomlar» bo‘limidagi «Dublikatlar» orqali dubl suratlar ko‘riladi. II eng ravshan va yorqin suratni yulduzcha bilan belgilaydi, qolgan dublikatlarni bitta bosishda o‘chirish mumkin.

Mediateka tahlili har ikki haftada avtomatik amalga oshiriladi.

Funksiya Mail Space obunasining 256 GB va undan yuqori tariflarda mavjud bo‘lib, «Oblako» mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mail Oblako fotosurat dublikatlarini sun’iy intellekt yordamida topadi