
San-Xose shahridagi hakamlar sudi Google korporatsiyasini Android foydalanuvchilarning ma’lumotlarini ruxsatsiz to‘plagani uchun 314 million dollar to‘lashga majbur qildi, deb Kursiv media xabar berdi.
Da’vogarlarga ko‘ra, kompaniya Android qurilmalari egalarining shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz reklama samaradorligini oshirish va xarita xizmatlarini yaxshilash uchun ishlatgan.
Shuningdek, smartfonlar Wi-Fi ulanmagan holatlarda ham ma’lumot uzatishda davom etgan. Ular mobil internetdan foydalangan va foydalanuvchining pullik trafikini sarflagan. Android foydalanuvchilari kompaniyadan bu uchun kompensatsiya talab qilishgan.
Google’ning yuristlari da’voni asossiz deb hisoblab, sud qarorini apellyatsiya qilish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Ularning aytishicha, ma’lumot yuborish servislarning xavfsiz va barqaror ishlashi uchun zarur bo‘lgan. Google bunday trafik sarfi oddiy rasm yuborishdan kamligini ta’kidladi.
2026 yilda shunga o‘xshash da’vo AQSh Federal sudida ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar