
Tokio — Yaponiyadagi Brainwave Trading Center nomli innovatsion kompaniya inson miya faoliyati to‘lqinlarini tasvirlaydigan noyob kartinalar yaratishni taklif qilmoqda. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.
Kompaniya har bir insonning fikrlari va hissiyotlarini zamonaviy san’at asariga aylantirishni maqsad qilgan. Bunga erishish uchun mijoz firma stendiga kelib, maxsus miya skaneri qurilmasini taqishi kerak. Qurilma inson miyasining faoliyatini to‘lqinlar ko‘rinishida o‘qiydi va bu ma’lumotlar asosida vizual tasvir yaratiladi.
Qizig‘i shundaki, ishtirokchi nafaqat bunday kartinaga ega bo‘ladi, balki 1000 yapon iyenasi (taxminan 500 rubl yoki 70 000 so‘m) haq ham oladi. Kompaniya bu jarayonni “ong to‘lqinlarini sotish” deb ta’riflaydi.
Brainwave Trading Center — 2022 yilda yaratilgan va art-innovatsiya sohasida faoliyat yurituvchi Konel jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ular o‘z faoliyatini quyidagi shior ostida olib boradi: “Biz miya faoliyati to‘lqinlarini sotib olamiz”.
Ta'sischilarning fikriga ko‘ra, bunday rasmlarni yaratishdan maqsad "axborot qiymatini tushunish va turli xil ma'lumotlar ongsiz ravishda sotilayotgan zamonaviy davrda tranzaktsiyalarning yangi shakllarini o‘rganishdir".
Ayni paytda, texnologik gigant Google sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan saratonga qarshi dorini insonlarda sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu ham ma’lumotlarni ilmiy, tibbiy va amaliy maqsadlarda qo‘llashning yana bir misoli bo‘la oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar