date

AirPods hukmronligi: dunyodagi eng ko‘p sotilgan quloqchin

AirPods hukmronligi: dunyodagi eng ko‘p sotilgan quloqchin
Simsiz quloqchinlar texnologiyasining zamonaviy bozori tobora raqobatli tus olmoqda. Biroq, bu segmentda hozircha mutlaq yetakchi o‘zgargani yo‘q — Apple yana eng yuqori pog‘onani egallab turibdi.

Tahlilchilarning so‘nggi hisobotlariga ko‘ra, AirPods dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan simsiz quloqchin modeli sifatida tan olingan. Apple ushbu turdagi qurilmalar bozorining deyarli chorragi — 25 foizini nazorat qilmoqda.

Bundan tashqari, 2025 yil oxiriga borib, Apple'ning global ulushi 21 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Bunday salmoqli raqam, kompaniyaning mahsulot dizayni, sifat nazorati va ekotizim integratsiyasidagi ustunliklari bilan izohlanadi.

Ikkinchi o‘rinda Xiaomi turibdi — u jahon bozorida 8 foizlik ulushni qo‘lga kiritgan. Hindistonning boAt brendi ham rivojlanishda davom etmoqda: kompaniya 2025 yil yakunlari bilan 5 foiz ulushni ta’minlashi taxmin qilinmoqda.

Keyingi o‘rinlar esa texnologik gigantlar Samsung va JBL'ga tegishli — ularning har biri bozorda 5 foizdan kam ulushga ega.

Tahminlarga ko‘ra, simsiz quloqchinlar sanoati 2025 yil oxirigacha qo‘shimcha 3 foizga o‘sishni qayd etadi. Bu sur’at hech bo‘lmaganda 2028 yilgacha davom etadi, deya ta’kidlashmoqda bozor tahlilchilari.

Sohadagi shiddatli raqobat esa yangi innovatsiyalar, narx siyosati va mijoz ehtiyojlariga moslashuvdagi kurashni yanada qizitishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AirPods hukmronligi: dunyodagi eng ko‘p sotilgan quloqchin