
Bugun Amazon internet sayti ishga tushganiga 30 yil to‘ldi. 1994 yilda Jeff Bezos tomonidan asos solingan bu platforma dastlab oddiy eshik va taxtalardan yasalgan stol, graffiti bo‘yoq bilan chizilgan logotip bilan boshlangan, deb CNN xabar berdi.
Aynan shu sodda ofisda Bezos o‘zining birinchi kitoblarini xaridorlarga yuborgan edi. Ushbu oddiy va imkonlardan cheklangan boshlanish keyinchalik texnologiya olamidagi eng katta yutuqlardan biriga aylandi.
O‘tgan 30 yil ichida Bezosning shaxsiy boyligi 0 dan 247 milliard dollargacha o‘sdi. Amazon esa faqat kitob emas, balki butun dunyo bo‘ylab mahsulot va xizmatlar taklif etuvchi yirik onlayn texnologik gigantga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar