
Apple kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun yangi va qulay sug‘urta xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Endi oyiga 19,99 dollar to‘lash orqali istalgan 3 ta Apple qurilmasini sug‘urta qilish mumkin. Bu xizmat “Apple CareOne” nomini olgan bo‘lib, har bir qo‘shimcha qurilma uchun sug‘urta to‘lovi 5,99 dollardan oshiriladi.
Yangi tizim foydalanuvchilarga bir vaqtda bir nechta qurilmani — masalan, iPhone, iPad, MacBook yoki Apple Watch kabi devayslarni himoya qilish imkonini beradi. Bu esa ayniqsa Apple ixlosmandlari uchun katta qulaylik yaratadi.
E’tiborli tomoni shundaki, Apple o‘zining to‘rt yil avval xarid qilingan qurilmalarini ham ushbu sug‘urta tizimiga qo‘shish imkoniyatini beradi. Biroq, bunda bir shart bor: qurilma mutaxassislar tomonidan tekshirilishi va ishlash holati yaxshi bo‘lishi lozim.
Apple'ning bu yangi xizmatini nafaqat yangi gadjetlar uchun, balki ishlatilib kelinayotgan qurilmalar uchun ham faollashtirish mumkinligi yanada ko‘proq insonlar uchun qiziqarli va mos variantga aylantiradi. Ushbu yondashuv kompaniyaning mijozlariga yanada katta e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!