
AQShning Google korporasiyasi ixcham va simsiz Google Wi-Fi routerlarini sotuvga chiqardi. Ikki yoki undan ortiq routerni yagona simsiz tarmoqqa ulash imkonini beradigan uskuna 129 dollarga baholanmoqda, deb yozmoqda «Daryo» sayti.
Kompaniya simsiz router anonsini 4 oktyabr kuni bergan edi. 17 noyabrdan uni oldindan buyurtma qilish imkoniyati tug‘ildi.
Router 140 kvadrat metr maydonni qoplaydi. Google Wi-Fi’ning uchta bloki esa 420 kvadrat metr masofaga internet tarqata oladi.
Bundan tashqari, Google Wi-Fi barcha foydalanuvchilarga uydan turib internetga kirish, bunda eng yaqin aloqa nuqtasini tanlash imkonini beradigan Network Assist texnologiyasiga ega. Tarmoq mobil dastur orqali boshqariladi.
Uchta routerdan iborat komplekt narxi — 229 dollar. Uni Amazon, Google Store va Best Buy’ning ixtisoslashtirilgan markazlaridan sotib olish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar