20:12 / 08.12.2016
6 743

Telegram’da yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

Telegram’da yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

Dastur ishlab chiqaruvchilari IFTTT (If This Then That) servislar o‘rtasida o‘zaro birlashtiruvchi platformani taqdim etishdi.

Unga ko‘ra, endilikda messenjerda suhbatlarni saqlab qo‘yish imkoni mavjud. Shuningdek, IFTTT 360 dan ortiq ilovani birlashtirishga yordam beradi. Ular orasida Twitter, Instagram, Gmail, Dropbox, «Google Disk», Spotify, Pinterest va boshqalar bor. Messenjer ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Telegram «IFTTT bilan butunlay birlashgan» birinchi servis bo‘ldi.

IFTTT bilan birlashish uchun @IFTTT botini ishga tushirib, platforma saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Shuningdek, IFTTT-botni guruhli chat yoki xususiy kanalga qo‘shish imkoni yaratildi. Bu esa foydalanuvchiga unga ma’qul bo‘lgan axborot yoki xizmatlarni suhbatdosh va obunachilari bilan bo‘lishish imkonini beradi. Xususan, Instagram-sahifadan yangi fotosuratlarni yuklab olishni sozlash ham mumkin.

Bundan tashqari, Telegram’da muhim yozishmalarni xabarlar panelining yuqori qismida mustahkamlab qo‘yish imkoni bor. Bu kerakli kishilar xabarini yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam beradi, deb aniqlik kiritishdi messenjer ishlab chiqaruvchilari. Foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida beshta suhbatni saqlab qo‘yishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram’da yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi