date

PlayerZero AI agentlarini nazorat qilishga 15 mln $ jalb qildi

PlayerZero AI agentlarini nazorat qilishga 15 mln $ jalb qildi

PlayerZero startapi sun’iy intellekt agentlari tomonidan xatoliklar bilan yozilgan kodlarni aniqlash va oldini olish maqsadida 15 million dollar (taxminan 189,6 milliard so‘m) sarmoya jalb qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Kompaniyaning asosiy maqsadi — AI vositasida avtomatik ravishda ishlab chiqilayotgan koddagi nuqsonlarni to‘g‘ri va tez aniqlash.

PlayerZero platforma tarzida ishlab chiqilib, dasturchilarga AI asosidagi kodni real vaqtda sinovdan o‘tkazish va muammolarni oldindan ko‘rish imkonini beradi.

Startapning fikricha, sun’iy intellekt tez va samarali kod yaratishi mumkin, ammo u mukammal emas va doimiy monitoring talab etadi.

Hozirgi bosqichda kompaniya xizmatlaridan korporatsiyalar va AI muhitlarini joriy etayotgan texnologiya kompaniyalari foydalanmoqda.

Investorlar orasida OpenView, Wellington Access va Essence Venture kabi fondlar mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » PlayerZero AI agentlarini nazorat qilishga 15 mln $ jalb qildi