date

Miya to‘lqinlari yordamida robot qo‘l harakatlantirildi

Miya to‘lqinlari yordamida robot qo‘l harakatlantirildi

Olimlar miya faoliyatini tahlil qiluvchi yangi noinvaziv texnologiya orqali faqat fikrlash yordamida robot qo‘lni harakatlantirishga erishdi, deb FoxNews.com xabar berdi.

Tizim sun’iy intellekt asosida miya to‘lqinlarini o‘qiydi va bu ma’lumotni robot qurilmaga uzatib, uni harakatga keltiradi. Bunda hech qanday implant yoki jarrohlik talab etilmaydi.

Loyiha Penn State universiteti va Army Research Lab hamkorligida yaratilgan bo‘lib, u nogironlar va harakat imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yangi imkoniyat yaratishi mumkin.

AI yordamida to‘g‘ri signallar tanlab olinadi va aniq harakatlar bilan robot qo‘l boshqariladi. Ta’riflarga ko‘ra, bu texnologiya juda aniqligi bilan va real vaqtda ishlaydi.

Ushbu innovatsiya tibbiy reabilitatsiya, harbiy dasturlar va hatto virtual reallik sohalarida ham qo‘llanilishi mumkin.

Hozircha tajriba bosqichida bo‘lsa-da, olimlar uni kengroq joriy etish ustida ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Miya to‘lqinlari yordamida robot qo‘l harakatlantirildi