Fizikaviy AI uchun yangi qadam: Miya toʻlqinlari robotlarni qanday oʻqitadi?

Kaliforniya shtatining San-Learndo shahridagi omborxonalarning birida sunʼiy intellekt sohasidagi yangi davr — Jenga oʻyini yordamida sinovdan oʻtkazilmoqda. Sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun maʼlumotlar bazasini yaratuvchi Encord kompaniyasi robototexnika sohasidagi eng katta muammo — real dunyo jismoniy mashgʻulotlar maʼlumotlarining tanqisligini hal qilishga kirishdi. Kompaniya xodimi Endryu Sexa boshiga maxsus kamera va sensorlar oʻrnatilgan garnitur taqqan holda yogʻoch bloklarni ehtiyotkorlik bilan oʻrnidan qoʻzgʻatmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur garnitura nafaqat atrofni kuzatadi, balki operatorning miya toʻlqinlarini ham oʻlchaydi. Germaniyaning Zander Labs nevrologiya startupi tomonidan ishlab chiqlgan ushbu texnologiya xatolik, niyat va hayrat kabi ruhiy holatlarni aniqlash orqali modellarni oʻqitish uchun yanada foydali maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish imkonini beradi. Encord va Zander Labs hozircha ushbu yondashuvni sinovdan oʻtkazmoqda.
Sunʼiy intellekt uchun maʼlumotlar yetishmovchiligi
Robototexnika mutaxassislarining taʼkidlashicha, bugungi kunda asosiy cheklov model arxitekturasi emas, balki real jismoniy mashgʻulotlar maʼlumotlarining keskin yetishmasligidir. ChatGPT kabi chatbotlar internetdagi matnlar asosida oʻqitilgan boʻlsa, neyron tarmoqlarga jismoniy harakatlarni oʻrgatish uchun bunday tayyor manbalar mavjud emas. Avtomashinalar uchun maʼlumot yigʻish qiyin va qimmatga tushadi, videolardan foydalanish esa real dunyo aniqligini taʼminlay olmaydi.Encord kompaniyasining robotlarni oʻqitish boʻlimi rahbari Vineeth Velmurugan matnlar yetishmovchiligi muammosi robototexnikada ham dolzarb ekanini taʼkidlaydi. Uning soʻzlariga koʻra, model yaratuvchilarga YouTube video korpusidan besh baravar katta hajmdagi maʼlumotlar bazasi kerak boʻladi. Aynan shuning uchun ham maʼlumotlarni shunchaki boshqarish emas, balki ularni oʻzi ishlab chiqarish alohida biznes yoʻnalishiga aylandi.
Miya toʻlqinlari orqali aniqlanadigan imkoniyatlar
Zander Labs nevrologi Lukas Gerkening tushuntirishicha, muayyan vazifani bajarish chogʻida sarflanadigan miya faoliyati hajmi model yaratuvchilarga qaysi bosqichda eng yuqori quvvatli modellarni ishga tushirish kerakligini koʻrsatib beradi. Mazkur sinov jarayonida robotlarni masofadan boshqaruvchi operatorlar qahva idishidan chashkaga suyuqlik quyish va poker chiplarini taxlash kabi murakkab amallarni bajarib, maʼlumotlar bazasini boyitmoqda.Hozirgi kunda Encord global miqyosda turli fabrikalardan egotsentrik videolarni yigʻish bilan birga, San-Leandrodagi markazida miya toʻlqinlari kabi yangi usullarni tajribadan oʻtkazmoqda. Agar mazkur sinovlar oʻz samarasini bersa, kelgusida gumanoid va omborxona robotlarini tayyorlash jarayoni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…