date

Tesla Mask’ga rekord darajada mukofot puli bermoqchi

Tesla Mask’ga rekord darajada mukofot puli bermoqchi

Tesla aksiyadorlaridan kompaniya rahbari Ilon Mask uchun 29 milliard dollar (taxminan 377 trillion so‘m)lik kompensatsiya paketini tasdiqlash so‘ralmoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Bu taklif sun’iy intellekt sohasidagi keskin raqobat fonida kiritilgan. Kompaniya Maskni o‘z tarkibida saqlab qolish uchun unga katta mukofot berishni rejalashtirgan.

Taklif etilayotgan paket asosan aksiya opsionlaridan iborat bo‘lib, Mask ma’lum moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishganda ularga egalik huquqiga ega bo‘ladi.

Tesla rahbariyatiga ko‘ra, Maskning yetakchiligi kompaniyani sun’iy intellekt va robototexnika sohasida global liderga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Kompaniya 2024 yildagi kompensatsiya rejasi sud tomonidan bekor qilingach, uni yangilab, aksiyadorlarga qayta taqdim etmoqda.

Ovoz berish yaqin haftalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijalar Tesla’ning boshqaruv strategiyasiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tesla Mask’ga rekord darajada mukofot puli bermoqchi