date
views 7 416

Google kubaliklarga o‘z servislaridan tezkor foydalanish imkoniyatini taqdim etadi

Google kubaliklarga o‘z servislaridan tezkor foydalanish imkoniyatini taqdim etadi

Google korporasiyasi Kuba hukumati bilan orol davlat aholisiga o‘z servislaridan tezkor foydalanish imkoniyatini taqdim etish haqida kelishuv tuzdi, deb yozadi «Daryo».

AP ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv Kuba hukumati vakillari va Google’ga egalik qiluvchi Alphabet korporasiyasi rahbari Erik Shmidt o‘rtasida uning Gavanaga 12 dekabr kungi tashrifi chog‘ida rasman imzolanadi.

Shartnoma kubalik foydalanuvchilarga Google’ga taalluqli Gmail, YouTube va boshqa qator saytlardan yuqori tezlikda foydalanish imkoniyatini taqdim etishni ko‘zda tutadi.

Agentlik ta’kidlashicha, Kubadagi internet aloqasi dunyodagi eng sekin ishlaydiganlaridan biridir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google kubaliklarga o‘z servislaridan tezkor foydalanish imkoniyatini taqdim etadi