Google o‘zining AI Search funksiyasi veb-saytlar trafikini kamaytirmoqda degan da’volarni rad etdi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Kompaniyaga ko‘ra, AI natijalari foydalanuvchilarga ma’lumotni tezroq taqdim etsa-da, bu saytga kirishlar sonining keskin kamayishiga olib kelmayapti.
AI Search funksiyasi savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, Google hanuzgacha foydali manbalarga havola berishni muhim deb biladi.
Google rahbarlari bu funksiya hali sinov bosqichida ekanini va uning ta’siri doimiy tahlil qilinayotganini aytishdi.
Ko‘plab nashrlar va kontent yaratuvchilar AI javoblari sabab saytlariga trafik kamayganini bildirishmoqda. Biroq Google bu o‘zgarishlar statistik jihatdan sezilarli emasligini ta’kidlamoqda.
Kompaniya, AI qidiruv tizimini foydalanuvchilar va sayt egalari uchun birdek foydаli qilish ustida ishlashni davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!