
OpenAI o‘zining keyingi avlod sun’iy intellekt modeli — GPT-5’ni rasman taqdim etdi, deb TechCrunch.com xabar berdi. Yangi model avvalgi versiyalarga qaraganda tezkor, aniq va ko‘p qirrali vazifalarni bajarish qobiliyatiga ega.
Kompaniyaga ko‘ra, GPT-5 kengaytirilgan mantiqiy fikrlash (reasoning), uzoq muddatli kontekstni eslab qolish va murakkab topshiriqlarni tuzilish jihatidan aniq bajarish imkoniyatiga ega.
GPT-5, shuningdek, ko‘p bosqichli hisob-kitoblar, ilmiy tahlillar va katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlashda samaradorlikni oshirgan.
OpenAI vakillari model endi ko‘proq xavfsizlik filtrlari va ma’lumot ishonchliligini tekshirish mexanizmlariga ega ekanini ta’kidlashdi.
GPT-5 dastlab ChatGPT va API orqali ishga tushirildi va yaqin oylar ichida keng integratsiya qilinmoqda.
Kompaniya bu modelni sun’iy intellekt sohasidagi eng katta qadamlaridan biri deb hisoblamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.