Google o‘zining moliyaviy axborot platformasi Google Finance’ni yangilashni sinamoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi. Yangi versiya sun’iy intellekt imkoniyatlari va real vaqt yangiliklar lentasi bilan jihozlangan.
AI funksiyalari foydalanuvchilarga aksiyalar, bozor tendensiyalari va iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida shaxsiylashtirilgan tahlillar taqdim etadi. Shuningdek, AI joriy voqealarning bozorga ta’sirini baholash imkonini ham beradi.
Yangilangan Google Finance’da jonli yangiliklar lentasi orqali moliyaviy xabarlar va tahlillar bir vaqtning o‘zida taqdim etiladi.
Kompaniyaga ko‘ra, maqsad — foydalanuvchilarga tezkor va aniq moliyaviy ma’lumot berish hamda investitsiya qarorlarini qabul qilishda yordam berish.
Google Finance’ning sinov versiyasi hozircha cheklangan foydalanuvchilar uchun ishga tushirilgan bo‘lib, yaqin oylar ichida kengroq auditoriyaga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!