date

OpenAI’ning GPT-5 siyosati sun’iy intellekt narxlarini pasaytirishi mumkin

OpenAI’ning GPT-5 siyosati sun’iy intellekt narxlarini pasaytirishi mumkin

OpenAI yangi GPT-5 modelining narxini shunchalik past belgiladiki, bu sun’iy intellekt bozorida narx urushini boshlab yuborishi mumkin, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Kompaniya GPT-5’ni avvalgi modellariga qaraganda ancha arzon narxda taqdim etib, keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar va biznes mijozlarni jalb qilishni maqsad qilmoqda.

Mutaxassislar bu qaror raqib kompaniyalarni o‘z xizmatlari narxini tushirishga majbur qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

OpenAI vakillarining aytishicha, past narx siyosati innovatsiyalarni tezroq joriy etish va AI’dan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, ayrim tahlilchilar narx urushi startaplar va kichik AI kompaniyalarini qiyin ahvolga solishi mumkinligini qayd etmoqda.

OpenAI esa o‘zining iqtisodiy imkoniyatlari va keng infratuzilmasi bilan bunday raqobatga tayyor ekanini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI’ning GPT-5 siyosati sun’iy intellekt narxlarini pasaytirishi mumkin