Tesla o‘zining Dojo AI-superkompyuterini ishdan chiqarganini ma’lum qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi. Ilgari Ilon Musk uni to‘liq avtonom haydash texnologiyasini rivojlantirishda hal qiluvchi vosita deb atagan edi.
Dojo 2023 yilda ishga tushirilib, ulkan hisoblash quvvati orqali Tesla’ning avtopilot va sun’iy intellekt tizimlarini o‘qitish uchun ishlatilgan.
Kompaniya qarorni resurslarni samarali taqsimlash va boshqa hisoblash infratuzilmalaridan foydalanish zarurati bilan izohladi.
Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, Dojo’ning yopilishi Tesla’ning avtonom haydash bo‘yicha rejalarida yo‘nalish o‘zgarishi yoki muammolar borligini ko‘rsatishi mumkin.
Shu bilan birga, Tesla AI tizimlarini rivojlantirishdagi ishlar to‘xtamasligini va hisoblash quvvatini tashqi provayderlar orqali ta’minlashini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!