13:50 / 12.12.2016
7 340

Nokia D1C modelining narxi ma’lum qilindi

Nokia D1C modelining narxi ma’lum qilindi

Bundan avvalroq saytimizda Nokia D1C modelining Antutu benchmarkida e’lon qilingan texnik parametrlari haqida xabar bergan edi. Afsonaviy kompaniya esa bundan bir muddat oldin 2017 yilda rasman yana jahon bozoriga qaytishi haqida ham ma’lum qilgan. Yaqinda esa Nokia D1C modeli ostidagi smartfon narxi ham oshkor etildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Manbaga ko‘ra, Nokia D1C 5 yoki 5,5 dyuymli Full HD ekran, Snapdragon 430 prosessori, 13 yoki 16 MPli asosiy va 8 MPli old kamera bilan jihozlanadi. So‘nggi axborotda aytilishicha, Nokia D1C 150 AQSh dollari nraxida sotuvga chiqariladi. Qurilma 2017 yilning fevral oyida o‘tkaziladigan MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia D1C modelining narxi ma’lum qilindi