date

Starlink 2026 yilda O‘zbekistonda ishga tushishi mumkin

Starlink 2026 yilda O‘zbekistonda ishga tushishi mumkin

SpaceX kompaniyasining Starlink internet xizmati yaqin yillarda O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Dastlab 2023 yilga rejalashtirilgan loyiha muddati keyin 2025 yilga surilgan, endi esa rasmiy saytda xizmat 2026 yilda ishga tushishi mumkinligi qayd etilgan.

Starlink tizimi Yerdan 550 km balandlikdagi past orbita yo‘ldoshlari orqali ishlaydi. U yuqori tezlik va past kechikish bilan internet yetkazish imkonini yaratadi. Bu chekka hududlarda yashovchi aholi uchun videoqo‘ng‘iroqlar, onlayn darslar va raqamli xizmatlardan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.

13 avgustdan qo‘shni Qozog‘istonda xizmat rasman ishga tushirildi. Residential Lite oyiga 23 ming tenge (43 dollar) bo‘lib, Residential Standart esa 31 ming tenge (57,5 dollar) va yuqori ustuvorlikni ta’minlaydi.

Mutaxassislar fikricha, Starlink'ning O‘zbekistonga kirishi raqamli infratuzilmani rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Starlink 2026 yilda O‘zbekistonda ishga tushishi mumkin