date

Substack yangi foydalanuvchilari uchun yangi to'lov turini taklif qildi

Substack yangi foydalanuvchilari uchun yangi to'lov turini taklif qildi

Substack AQShdagi iOS ilovasida o‘quvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri web obunaga yo‘naltirishni boshladi, deb TechCrunch xabar berdi. Bu imkoniyat Epic Games ishidan so‘ng may oyida App Store qoidalari o‘zgargach paydo bo‘ldi. Endi ilovadan chiqmasdan turib tashqi to‘lov havolasi orqali webda obuna bo‘lish mumkin. 

Substack’da o‘quvchiga ikki yo‘l beriladi: Apple in-app to‘lovi yoki web to‘lovi. Ilova ichidagi narx Apple komissiyasini qoplash uchun avtomatik yuqoriroq qo‘yilishi mumkin, ijodkor esa bu funksiyani o‘chirishi mumkin. Platforma web obuna bahosidan o‘zining 10% ulushini olishda davom etadi. 

Yangilanish faqat yangi obunalarga taalluqli, Apple’ning to‘lov tizimidan to‘liq voz kechish mumkin emas. Substack’ning aytishicha, 30 mingdan ortiq nashr in-app to‘lovni yoqqan va dastlabki sinovlar pulli obunalarni oshirgan, ammo aniq raqam berilmagan. Kompaniya YI va Buyuk Britaniya qoidasiga o‘tishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Substack yangi foydalanuvchilari uchun yangi to'lov turini taklif qildi