date

Allianz Life xakerlik hujumida 11 million mijoz zarar ko‘rdi

Allianz Life xakerlik hujumida 11 million mijoz zarar ko‘rdi

Allianz Life kompaniyasi kiberhujumga uchrab, 11 millionga yaqin mijozning shaxsiy ma'lumotlari tarqalganini ma'lum qildi, deb Reuters xabar berdi. Ma'lumotlar ichida ism, manzil va ijtimoiy sug‘urta raqamlari ham borligi aytilmoqda.

Kompaniyaning bildirishicha, hujum joriy yil boshlarida amalga oshirilgan bo‘lib, endigina uning oqibatlari to‘liq aniqlangan. Allianz Life maxsus kiberxavfsizlik mutaxassislari bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazmoqda.

Hozircha hech bir moliyaviy hisob raqamlari yoki kredit kartalari ma'lumotlari zarar ko‘rmagani qayd etildi. Shu bilan birga, mijozlarga o‘z shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Allianz Life xakerlik hujumida 11 million mijoz zarar ko‘rdi