date

Samarqandda chiqindi tashuvchi elektr motorollerlar ishlab chiqarilmoqda

Samarqandda chiqindi tashuvchi elektr motorollerlar ishlab chiqarilmoqda

Samarqandda Elxolding korxonasi tomonidan Eldosh brendi ostida chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan uch g‘ildirakli sanitar mototsikllarning ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Chiqindilarni boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, korxonada bu yo‘nalishda qo‘shimcha 100 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

Qayd qilinishicha, motorollerlarning benzin va elektromotorli turlari mavjud. Ular shahar mahallalaridagi tor ko‘chalarda ham bemalol harakatlanib, chiqindilarni tashib chiqishi mumkin.

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi
Benzinli motoroller 6 litr benzin sarfi bilan 1 tonnagacha chiqindini 100 km masofaga tashiydi.

Elektromotorli motorollerlarda esa 150 amperli 72 voltli quvvatlagich joylashtirilgan bo‘lib, 1 tonna yukni 60-80 km masofaga tashib borish xususiyatiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samarqandda chiqindi tashuvchi elektr motorollerlar ishlab chiqarilmoqda