
Xitoyning UMi kompaniyasi MediaTek Helio X27 prosessorida ishlaydigan birinchi smartfon — UMi Z modelini namoyish qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
MediaTek Helio X27 prosessori 10 ta yadro bilan ta’minlangan va boshqa analoglardan yanada tezkor ishlashi bilan farqlanadi.
UMi Z qurimasida 4 GBli operativ xotira, 32 GB doimiy xotira va ikkita SIM-karta sloti ko‘zda tutilgan. USB Type-C porti va barmoq izi skaneriga ega. Modelga Sharp tomonidan yaratilgan IGZO ekran (Full HD aniqligida), 3780 mA/soat sig‘imidagi batareya, GPS, GLONASS, Bluetooth 4.1LE va Wi-Fi 802.11a/b/g/n interfeyslari o‘rnatilgan.

UMi Z Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Asosiy va old kameralarning aniqligi — 13 MP.
Smartfon 29 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi, narxi 280 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar