Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash qarorini qabul qildi. Bu qonun 10-dekabrdan kuchga kiradi. Hukumatning maqsadi — bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan himoya qilish.
Yangi qonunga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq platformalari bolalarga hisob ochishga yo‘l qo‘ymasligi va mavjud akkauntlarni yopishi kerak. Agar kompaniyalar bunga amal qilmasa, ularga 50 million Avstraliya dollargacha jarima solinadi.
Mutaxassislarning aytishicha, yoshni tekshirishning turli usullari mavjud: hukumat hujjatlari orqali tasdiqlash, ota-ona roziligi yoki yuzni tahlil qiluvchi texnologiyalar. Biroq ularning hech biri mukammal emas, ayrim hollarda xatoliklar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ma’lumotlar maxfiyligi bo‘yicha xavotirlar mavjud. Chunki ayrim platformalar foydalanuvchilarning shaxsiy hujjatlarini uzoq muddat saqlab qolishi yoki boshqalar bilan ulashishi mumkin. Bu esa qo‘shimcha xavf tug‘diradi.
So‘nggi so‘rovlar Avstraliyadagi ko‘pchilik ota-onalar taqiqni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqda. Lekin ayrim mutaxassislar bolalar internetdan butunlay chetlab qolishi yoki xavfliroq joylarga o‘tib ketishidan xavotirda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar