Germaniyaning Yulix shahrida Yevropa miqyosidagi eng qudratli ekzaflops superkompyuteri — Jupiter rasman ishga tushirildi. U Nvidia ishlab chiqargan protsessorlar asosida yaratilgan bo‘lib, bir soniyada kvintillion amaliyot bajara oladi. Bu ko‘rsatkich taxminan 10 million oddiy noutbukning quvvatiga teng.
Loyiha Fransiyaning Atos IT guruhi hamda Germaniyaning ParTec kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ochiq marosimda Germaniya kansleri Fridrix Mers ta’kidlashicha, mazkur tashabbus Yevropaga AQSH va Xitoy bilan sun’iy intellekt sohasida munosib raqobat qilish imkonini beradi.
Mutaxassislarga ko‘ra, superkompyuter biotexnologiya, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tadqiqotlar va fanning boshqa yo‘nalishlarida keng qo‘llanilishi kutilmoqda. Shu tariqa Yevropa xorijiy raqamli xizmatlarga bo‘lgan bog‘liqlikni sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!