13:21 / 19.12.2016
6 038

Geotel A1 – himoyalangan korpus + Android 7.0 Nougat

Geotel A1 – himoyalangan korpus + Android 7.0 Nougat

Geotel kompaniyasi arzon smartfonlar tasnifiga kiradigan himoyalangan korpusga ega yangi Geotel A1 smartfonini taqdim qildi. Eng ajablanarlisi, ushbu model Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi.

Geotel A1 bir kristalli MT6580M prosessori, 1 Gb tezkor xotira va 8 GB doimiy xotira bialn ta’minlangan. Ekranning diagonali 4,5 dyuym, aniqligi 960x540 piksel.

8 Mpli sensor asosiy kamera vazifasini bajaradi, old kameraning aniqligi 2 Mp. Batareya sig‘imi 3400 mA/soat, bu esa smartfondan bir sutkadan ko‘proq foydalanish imkoniyatini beradi.

Qurilmaning korpusi IP67 stadarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan.

Qurilma shu oyda sotuvga chiqadi. Narxi 100 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Geotel A1 – himoyalangan korpus + Android 7.0 Nougat