date

ReOrbit Yevropa orqali Starlink’ga raqobatchi bo‘ladi

ReOrbit Yevropa orqali Starlink’ga raqobatchi bo‘ladi

Yevropada joylashgan ReOrbit kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish va SpaceX’ning Starlink tizimiga raqobat qilish maqsadida €35 million (taxminan 460 milliard so‘m) investitsiya jalb qildi, deb TechCrunch xabar berdi. Bu kompaniya tarixidagi eng yirik sarmoya hisoblanadi.

ReOrbit Finlyandiyada tashkil etilgan va yuqori texnologiyali, modulli sun’iy yo‘ldosh platformalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning asosiy maqsadi — Yevropada mustaqil sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasini yaratish va ma’lumot uzatish xizmatlarini mahalliylashtirishdir.

Mablag‘lar yangi sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, uskunalarni sinovdan o‘tkazish va orbitaga chiqarish ishlariga yo‘naltiriladi. ReOrbit, shuningdek, o‘zining tezkor, xavfsiz va Yevropa standartlariga mos sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishni maqsad qilgan. Kompaniya 2026 yilda birinchi yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ReOrbit Yevropa orqali Starlink’ga raqobatchi bo‘ladi