Xitoy Savdo vazirligi AQShning chiplar bo‘yicha siyosatini tekshirishni boshladi. Vazirlikka ko‘ra, AQSh Xitoy kompaniyalariga nisbatan kamsituvchi siyosat yuritmoqda va ayrim amerikalik ishlab chiqaruvchilar chiplarini arzon narxlarda sotmoqda.
Pekin bu choralarni “adolatli raqobatga zid” deb atamoqda. Xitoyning fikricha, AQSh cheklovlari mamlakatning sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi rivojlanishini to‘xtatishga qaratilgan.
Ushbu qaror Madridda 14-sentabrdan boshlanadigan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo muzokaralari arafasida e’lon qilindi. Muzokaralarda bojxona tariflari, eksport nazorati muhokama qilinishi kutilmoqda.
Xitoy AQShni “xato siyosatini to‘xtatishga” chaqirdi va agar bosim davom etsa, o‘z kompaniyalarining manfaatlarini himoya qilish uchun choralar ko‘rilishini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!