Rolling Stone jurnalining egasi bo‘lgan Penske Media korporatsiyasi Google kompaniyasiga qarshi sud da’vosi kiritdi, deb TechCrunch xabar berdi. Da’voga ko‘ra, Google o‘zining AI xizmatlari orqali Penske Media’ga tegishli kontentlardan ruxsatsiz foydalangan.
Penske Media ma’lumotiga ko‘ra, Google’ning Gemini AI platformasi ushbu nashrlar yaratgan maqolalar asosida avtomatik tarzda xulosalar tayyorlab, foydalanuvchilarga taqdim etmoqda. Bu esa mualliflik huquqlarining buzilishi sifatida baholanmoqda.
Kompaniya qonunni himoya qilib, AI’ning nodavlat axborot manbalaridan foydalanishini cheklashni talab qilmoqda. Sud jarayoni media va texnologiya kompaniyalari o‘rtasida AI kontentidan foydalanish bo‘yicha kurashni yanada kuchaytiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar