4 790
Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

Amerikaning Facebook kompaniyasiga qarashli Aquila tajribaviy uchuvchisiz uchar qurilmasi o‘tgan yozdagi sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bunga kuchli shamol sabab bo‘lgan – u qanotlarga zarar etkazdi. Bu haqda transportdagi xavfsizlik bo‘yicha Milliy boshqarma xabar berdi. Mahkama bu holat borasidagi tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan hisobotni taqdim etgan. Facebook asoschilaridan biri Mark Sukerberg esa iyulda qurilma sinovlari omadli ravishda o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgandi. U quyosh quvvati yordamida ishlaydi hamda uzoq tumanlarda yashovchi aholiga internetga ulanish imkonini beradi.
Boshqarma hisobotiga ko‘ra, hodisa 28 iyun kuni Arizona shtatidagi tajribalar davomida ro‘y bergan. Aquila er yuzasidan olti metr balandlikda soniyasiga 12,9 metr tezlikda harakatlangan. "Uskuna tezlikni o‘zgartirib, bir tomonga og‘ib ketgan. Bu girdobli harakat oqibatida ro‘y berdi", - deya xulosa qilishgan tekshiruvchilar. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, uchar qurilmaga "jiddiy zarar" etgan, biroq erda hech kim jabrlanmagan.
Sukerberg 22 iyul kuni kompaniya muhandislari ushbu loyiha ustida ikki yil ish olib borishgani haqida xabar bergandi. Qurilma atigi bir necha yuz masofani bosib o‘tgan.
Aquila’ning qanotlari Boeing 737 samolyotiga o‘xshash bo‘lib, og‘irligi atigi 450 kilogramm keladi. Qurilma "uchar qanot" aerodinamik sxemasi asosida yaratilgan va to‘rtta parrak bilan jihozlangan. Aquila 18 kilometr balandlikda parvoz qilishi hamda lazer nuri yordamida foydalanuvchilarning internetga ulanishlariga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Facebook asoschilaridan biri: «Ijtimoiy tarmoq monopoliyasini yo‘qotish kerak!»

Facebook internet tarqatuvchi droni bilan sodir bo‘lgan voqeani ommadan yashirgan

Facebook olis hududlarni internetga ulashda dronlardan foydalanadi

Yaponiya kompaniyasi ikki qo‘lli dronni taqdim etdi

Facebook kompaniyasi internetga simsiz kirishni ta’minlaydigan yangi qurilmani taqdim etdi

Google’ning internet tarqatuvchi uchuvchisiz uchar qurilmasi sinov vaqtida halokatga uchradi