date

Germaniya kompaniyalari sun’iy intellektdan foydalanishni ikki baravar oshirdi

Germaniya kompaniyalari sun’iy intellektdan foydalanishni ikki baravar oshirdi

Germaniyada sun’iy intellektdan (SI) foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bitkom raqamli uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi har uchinchi kompaniya ushbu texnologiyani o‘z faoliyatiga tatbiq etgan. Tadqiqot 15 sentyabr, dushanba kuni e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ishtirok etgan kompaniyalarning 36 foizi SIdan amalda foydalanayotganini bildirgan. Shu bilan birga, yana 47 foiz korxona ushbu qadamni yaqin kelajakda amalga oshirish yoki hozirda muhokama qilish jarayonida ekanligini aytgan. Faqat 17 foiz kompaniya esa hozircha sun’iy intellektni o‘z biznes jarayonlariga joriy etish niyati yo‘qligini bildirgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunga kelib Germaniyada sun’iy intellektdan foydalanayotgan korxonalar soni o‘tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobarga ko‘paygan. Ayniqsa, ushbu texnologiyadan mijozlar bilan muloqotda, marketing va kommunikatsiya sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, tadqiqot va ishlanmalar, ishlab chiqarish jarayonlari, nazorat va hisob-kitob tizimlarida ham undan foydalanish yo‘nalishlari asta-sekin ortmoqda.

So‘rov xulosalariga ko‘ra, Germaniyadagi o‘nta kompaniyadan sakkiztasi sun’iy intellektni kelajakdagi asosiy va hal qiluvchi texnologiya sifatida ko‘radi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu jarayon mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish va innovatsiyalarga yanada keng yo‘l ochishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Germaniya kompaniyalari sun’iy intellektdan foydalanishni ikki baravar oshirdi