date

AQShda Apple Watch aqlli soatlariga bir kunda Android Wear soatlarining bir yil davomida sotilganidan ko‘proq buyurtma qabul qilindi

AQShda Apple Watch aqlli soatlariga bir kunda Android Wear soatlarining bir yil davomida sotilganidan ko‘proq buyurtma qabul qilindi

10 aprel kuni AQShda ochilgan Apple Watch soatlariga oldindan buyurtma oluvchi do‘konda bir kunda Android aqlli soatlarining bir yil davomida sotilishidan ko‘proq buyurtmalar tushgan. Bu haqda «3D News» Slice Analysis tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, AQShda Apple Watch aqlli soatlari uchun deyarli millionga yaqin buyurtmalar bo‘lgan. Slice Analysis tahlilchilari 9080 onlayn-xaridorlari ro‘yxatga olingach, o‘tgan juma kunida 957 000 Apple Watch soatlari oldindan buyurtma bo‘lganini hisoblab chiqishdi. Solishtirish uchun Canalys kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra Android Wear «aqlli» soatlari 2014 yil davomida, jami bo‘lib 720 000 dona sotilgan.

Apple Watch Sport soatlarining xaridorlari taklif qilgan o‘rtacha narx 382,83 dollarga teng bo‘lib turibdi. Standart ko‘rinishidagi po‘lat qoplamali Apple Watch o‘rtacha 707,04 dollarga buyurtma qilinmoqda.

Soat uchun bog‘ichlar ichida etakchi o‘rinni Black Sport Band (49 foiz) egallab turibdi. Undan keyingi o‘rinda oq rangli White Sport Band (16 foiz) bormoqda. Kuchli uchlikni boshqalariga nisbatan qimmatroq narxdagi braslet Milanese Loop (10 foiz) yakunlab turibdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joiz, Apple o‘ziningt aqlli soatlari bo‘yicha buyurtmalar haqida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumotlarni taqdim etgani yo‘q.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShda Apple Watch aqlli soatlariga bir kunda Android Wear soatlarining bir yil davomida sotilganidan ko‘proq buyurtma qabul qilindi