Xitoyning Huawei korporatsiyasi sun’iy intellekt uchun dunyodagi eng kuchli chiplar klasterini yaratishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Yangi Atlas 950 SuperCluster 500 mingdan ortiq Ascend chiplarini birlashtiradi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.
Kompaniya, shuningdek, 2028-yilgacha uchta yangi Ascend chip modelini chiqarishini ma’lum qildi. Ularning har biri bir-biridan ikki baravar unumliroq bo‘ladi.
Bu bayonot AQShning Xitoyga Nvidia ilg‘or chiplarini yetkazib berishga cheklovlari fonida yangradi. Tahlilchilarning fikricha, Huawei qadamlari Pekinning texnologik mustaqillikka intilishini aks ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar