
Apple kompaniyasi dizaynerlik studiyasi taqdim etgan premial smartfonni sotuvga chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Loyihaning kod oti — Ferrari. Bu haqda «Korrespondent.net» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.
Gadjet iPhone’ning kelasi yili taqdim etiladigan uch modelidan biri bo‘ladi.
Xitoy manbalari oxirgi model OLED-displeyga hamda unga o‘rnatilgan Home tugmasiga ega bo‘lishini yozmoqda.
Mishmishlar qay darajada haqiqatga mosligi hozircha noma’lum. Ammo bir muddat ilgari Huawei kompaniyasi ham shu yo‘ldan borib, Mate 9 Porsche Design smartfonini ishlab chiqqan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar