Yandex Uzbekistan o‘zbek tilida ham so‘zlasha oladigan ikki tilli sun’iy intellekt yordamchisi — Alisani o‘zining aqlli ovoz qurilmalarida foydalanish uchun ishga tushirdi. Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savollar berishi mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
Alisa Yandex Uzbekistan tomonidan ishlab chiqilgan maxsus til modeli asosida faoliyat olib boradi. Bu modelni yaratish jarayonida professional filologlar, muharrirlar va O‘zbekistonning 13 ta hududidan 300 nafar foydalanuvchi o‘z hissasini qo‘shdi.
Alisani o‘zbek tilida foydalanish uchun “Dom s Alisoy” ilovasida quyidagi yo‘nalishlarni tanlash kirak: “Virtual yordamchi” → “Assistent tili” → qurilmani belgilash → “O‘zbekcha + Ruscha”.
Shu tariqa, endi foydalanuvchilar o‘zbek tilida ham Alisa bilan oson va qulay muloqot qilish imkoniga ega bo‘lib, zamonaviy texnologiyalardan yanada samarali foydalanishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!