date

Kiberhujumda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Kiberhujumda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi
Buyuk Britaniyada 40 yoshlar atrofidagi erkak aeroportlarga qilingan kiberhujum bo‘yicha qo‘lga olindi. U noqonuniy kompyuter ishlatishda gumon qilinmoqda va keyinchalik kafolat evaziga qo‘yib yuborildi.

Kiberhujum tufayli Yevropaning bir necha aeroportlarida, jumladan Londondagi Xitroda yuzlab reyslar kechikdi. Yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda dastur ishdan chiqqani sababli qo‘lda qog‘oz va ruchka ishlatishga to‘g‘ri keldi.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, tekshiruv hali davom etmoqda. Kompaniya tizimini qayta tiklashga urinishlar olib borilmoqda, biroq parvozlarda hanuz uzilishlar kuzatilmoqda.

Mutaxassislar bunday hujumlarda ko‘pincha tizimni ishdan chiqarib, pul talab qilinishini ta’kidlamoqda. Aviatsiya sohasida kiberxavf-xatarlar keskin ortayotgani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kiberhujumda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi