Microsoft 2018 yildan buyon ilk bor Office’ning 10 ta asosiy dasturi uchun ikonkalarni yangiladi, deb Rozetked xabar berdi. Bu yangilanish Microsoft 365 uchun yagona vizual tizim yaratish ishlarining bir qismi sifatida amalga oshirilgan.
Yangi ikonkalar yorqin gradientlar, yumaloq shakllar va silliq chiziqlardan iborat. Microsoft 365 dizayn va tadqiqotlar bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Fridmanning aytishicha, maqsad — ikonlarni yanada sodda, tushunarli va foydalanuvchi uchun qulay qilish.
Yangilanish Copilot ikonkasidan ilhomlangan. Masalan, Word ikonkasida avvalgi to‘rtta chiziq o‘rniga uchtasi qoldirilgan — bu kichik ekranlarda yaxshiroq ko‘rinish uchun. Yangi ikonkalar yaqin haftalarda veb, kompyuter va mobil qurilmalarda paydo bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar