date

Apple Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborishni boshladi

Apple Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborishni boshladi

Apple kompaniyasi endi foydalanuvchilarga tasdiqlash kodlarini Telegram messenjeri orqali yubormoqda, deb Rozetked iPhones.ru tahririyatiga tayanib xabar berdi. Buning uchun maxsus @VerificationCodes nomli bot ishga tushirilgan.

Ushbu servis orqali kompaniyalar va dastur ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarga bir martalik tasdiqlash kodlarini Telegram orqali yuborishlari mumkin. To‘lov Fragment platformasi orqali amalga oshiriladi, bir dona kod narxi — 0,01 dollar (taxminan 125 so‘m).

Hozircha bu tizim qanday ishlashi aniq emas. Jurnalistlar Apple akkauntiga kirish chog‘ida botdan faqat bir marta xabar olishga muvaffaq bo‘lishgan, lekin natijani qayta takrorlay olishmagan. Apple hozircha bu funksiyaga izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborishni boshladi