date

Disney Character.AI’ga mualliflik huquqini buzmaslik haqida rasmiy ogohlantirish yubordi

Disney Character.AI’ga mualliflik huquqini buzmaslik haqida rasmiy ogohlantirish yubordi

Engadget’ning xabariga ko‘ra, Disney Character.AI’ga rasmiy cease and desist — ya’ni “to‘xtatish va rad etish” talabnomasini yubordi. Unda kompaniya Character.AI o‘zining mualliflik huquqi bilan himoyalangan qahramonlaridan — jumladan Pixar, Star Wars va Marvel olamidan — chatbotlarda noqonuniy foydalanganini bildirdi.

Disney nafaqat mualliflik huquqlari buzilayotganini, balki bu qahramonlar yosh foydalanuvchilar bilan nomaqbul suhbatlarda ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidladi. Mak­tubda ba’zi hollarda chatbotlar “jinsiy ekspluatatsiyaga moyil” va bolalar uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi aytilgan, bu esa Disney obro‘siga jiddiy zarar yetkazadi.

Character.AI platformasi ilgari ham bolalar xavfsizligi bo‘yicha huquqiy va hukumat e’tiboriga tushgan. Ikkita holatda o‘smirlar platformada o‘z joniga qasd qilish haqida suhbatlashgan va shundan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan.

Hozircha Character.AI Disney talablariga javoban quyidagicha izoh bergan: “Mualliflik egalarining intellektual mulklaridan qanday foydalanish ularga bog‘liq, va biz ularning murojaatlariga tez javob beramiz. Ushbu qahramonlar o‘chirib tashlangan.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Disney Character.AI’ga mualliflik huquqini buzmaslik haqida rasmiy ogohlantirish yubordi