
Kecha Samsung bilan aloqador yangiliklarni yoritadigan Sammobile nashrida Galaxy S8 Plus flagmani haqidagi qo‘imcha tafsilotlar e’lon qilindi. Albatta, ushbu ma’lumotlarni hozircha ishonchli deb baholash qiyin.
Terabayt saytining yozishicha, kompaniya keyingi yilning birinchi choragida 5 dyuymli Galaxy S8 va 6 dyuymli Galaxy S8 Plus modellarini namoyish qiladi. Smartfonlar uchun ishlatiladigan displeylar keyingi oydan boshlab tayyorlanishi ma’lum qilingan. Janubiy Koreya texnologiya giganti yangi flagmanlarni 2017 yil yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola etmaydi,
Hozircha ekranlarning qanday aniqlik formatida bo‘lishi noma’lum, biroq flagmanlarga 4K (3840 x 2160 piksel) aniqligidagi ekran o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar