date

Lenovo kompaniyasi Intel Atom x5 prosessoriga ega Android-planshet tayyorlamoqda

Lenovo kompaniyasi Intel Atom x5 prosessoriga ega Android-planshet tayyorlamoqda

Lenovo kompaniyasi Intel’ning yangi avlod apparat platformasida bajarilgan, ishlab chiqarish nomi Cherry Trail deb nom olgan planshet ko‘rinishidagi kompyuterning prototipini namoyish qildi.

Planshetda Atom x5-Z8300 prosessori qo‘llanilgan. Bu 14-nanometrli qurilma to‘rtta hisoblash yadrosi va Intel HD Graphics kontrollyoridan tashkil topgan. Prosessorning nominal takt chastotasi 1,44 GGs ni, tezlashtirilgan takt chastotasi 1,84 GGs ni tashkil qiladi. Elektr iste’mol qilish darajasi 2 Vt.

Planshet 1920×1200 ko‘rsatish qobiliyatiga ega 8-dyuymli sensor displey, 2 Gbayt tezkor xotira, 32 Gbaytli flesh-xotira bilan jihozlangan. Shuningdek, planshetda stereofonik dinamiklar, old kamera, yorug‘lik diodli vspishkaga ega orqa kamera, Wi-Fi va Bluetooth simsiz aloqa adpaterlari ham o‘rnatilgan.

Mini-kompyuter SIM-karta uchun slot bilan jihozlangan. Bu planshetning kamida 3-avlod (3G) mobil tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashini anglatadi. Biroq, planshetda 4-avlod LTE tarmoqlarida ishlash ehtimoli ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.

Planshet prototipida Android 5.0.1 Lollipop operasion tizimi o‘rnatilgan. Lenovo qurilmaning sotuv uchun mo‘ljallangan versiyasini chiqarishi yoki namoyish qilingan namuna o‘zida faqatgina boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan asos qilib olinishi mumkin bo‘lgan dizaynni namoyish qilgani noma’lumligicha qolmoqda.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Lenovo kompaniyasi Intel Atom x5 prosessoriga ega Android-planshet tayyorlamoqda