
Cassini stansiyasi Pandoraning eng sifatli suratlaridan birini tushirdi. Pandora Saturnning notekis shakldagi tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib, uning F halqasiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratni NASA sayti taqdim etdi.
Surat 2016 yilning 18 dekabrida olingan. Shu kuni Cassini Pandoraga o‘z missiyasi davomidagi eng qisqa masofa — 40,5 ming kilometrga yaqinlashdi.
Curatning masshtabi pikseliga 240 metrni tashkil etadi.
Cassini-Huygens missiyasi NASA va Evropa kosmik agentligining qo‘shma loyihasidir. Undan Saturn, uning halqalari va Titanni tadqiq etish maqsadi ko‘zlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar