Xiaomi kompaniyasi yangi avlod robot-changyutgichi — Mijia Sweeping and Mopping Robot 5 uchun oldindan buyurtma qabul qilishni boshladi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.
Yangi model 7,9 smlik ultratonka korpus, AI asosida to‘siqlarni aniqlash tizimi va 40 mm balandlikdagi to‘siqlardan oshib o‘tish qobiliyatiga ega. Qurilma 130 turdagi keng tarqalgan to‘siqlarni — masalan, noski yoki tapochkilarni — aniqlay oladi.
Robot 23000 Pa so‘rish kuchiga ega bo‘lib, ikki pichoqli maxsus shyotkasi orqali soch yoki iplar chalkashib qolmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, u qo‘l bilan pol yuvishni imitatsiya qiluvchi nam tozalash funksiyasi bilan jihozlangan.
Qurilma Mijia ilovasi orqali boshqariladi, unda foydalanuvchi uborka jadvalini belgilashi, taqiqlangan zonalarni sozlashi va boshqa Xiaomi “aqlli uy” qurilmalari bilan bog‘lashi mumkin.
Yangi Mijia Sweeping and Mopping Robot 5 uchun oldindan buyurtmalar Xitoyda 3199 yuan (≈36,4 mln so‘m) narxdan boshlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!