Britaniya Google’ni muhim bozor o‘rniga ega deb e’lon qildi. Bu CMA (Raqobat va Bozorlar Agentligi) ga kompaniya ishlarini tartibga solish imkonini beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada qidiruvlarning 90% dan ortig‘i Google orqali amalga oshadi.
Google vakili bu choralar ishlarni sekinlashtirishi mumkinligini aytdi. Kompaniya mamlakatda 5 milliard funt (6,65 milliard dollar) investitsiya qilmoqchi.
CMA Google qidiruv tizimini raqobatga ochiq qilish va foydalanuvchilarga boshqa qidiruv tizimlariga kirish imkonini oshirish uchun choralar ko‘rishi mumkin. AI xususiyatlari ham nazorat ostida bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar