
Avvalroq saytimizda xabar berganimizdek, Overwatch o‘yini xalqaro The Game Awards 2016 tanlovida yilning eng yaxshi o‘yini sifatida e’tirof etilgan edi. Bundan bir necha kun oldin VG 247 nashrida esa aynan ushbu o‘yin joriy yilda mualliflarga eng ko‘p daromad keltirgan shu turdagi mahsulot bo‘lganligi qayd etilgan.
Terabayt.uz saytining yozishicha, Overwatch daromadning asosiy qismini kompyuterga chiqarilgan versiyadan olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘yin 2016 yilda o‘z mualliflariga 585,6 mln AQSh dollari miqdorida daromad keltirib, bu borada Counter-Strike: Global Offensive, Guild Wars 2 va Minecraft o‘yinlarini ortda qoldirgan.
2016 yilda eng daromadli o‘yin loyihalari bilan tanishing:
- Overwatch – $585,6 million
- Counter-Strike: Global Offensive – $257,2 million
- Guild Wars 2 – $91 million
- Minecraft – $88,7 million
- Fallout 4 – $74,9 million
Qizig‘i shundaki, bitta o‘yinchiga mo‘ljallangan RPG Fallout 4 o‘yini ham kuchli beshlikdan o‘rin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar