6 yoshli Eshlind Xauell, onasining taqiqloviga qaramay, o‘zi uchun Amazon'dan pokemonlar buyurtma qilishga qaror qildi. U onasining iPhone'ida nafaqat 250 dollarga o‘yinchoqlar tanlashning uddasidan chiqdi, balki xarid to‘lovini barmoq izlari skaneri orqali tasdiqlashga ham muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Aslida Betani Xauell qizining o‘yinchoqlari uchun shuncha pul sarflamoqchi emasdi. Biroq Eshlind onasining smartfonidagi Touch ID'ni "chuv tushirish" usulini o‘ylab topdi.
Betani uyquga ketganida qizi uning xonasiga kirib, uxlayotgan onasining barmog‘i yordamida iPhone'ni blokdan echdi. Shundan keyin u Amazon'ga kirib, 250 dollarga 13ta pokemon tanladi. Qizcha buyurtma to‘lovini ham xuddi shu usul bilan tasdiqladi.
Tez orada ona pullarning yo‘qolganini sezdi, lekin bunga smartfonining noma’lum kimsalar tomonidan buzib kirilishi sabab bo‘lgan deb o‘yladi. Shunda qizi uni tinchlantirdi: "Oyi, xavotir olmang. Men smartfon orqali xaridni amalga oshirdim. Yaqinda xarid keltiriladi".
Amazon Betaniga 13 pokemondan to‘rttasinigina qaytarishga ijozat berdi. Qolganini Eshlindga sovg‘a qilishga to‘g‘ri keldi. Biroq ona qiziga Santa-Klaus uning nayrangidan xabar topgani hamda boshqa uni tabriklashga kelmasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi